Kirish
  Ro`yxatdan o`tish
» » “Kitob - aql chirog’i” nomli tadbir

“Kitob - aql chirog’i” nomli tadbir

     2021 yil 19-oktabr kuni maktamizda"Kitob-aql chirog’i” nomli manaviy-marifiy tadbir va zamondoshlarimiz tomonidan yaratilgan badiiy adabiyotlardan iborat kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

 

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha” muhim beshta tashabbusdan biri "Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etishga yo‘naltirilgan” to‘rtinchi tashabbus hamda 2020 yil 21-apreldagi PQ-4688-sonli qarori ijrosini tahminlash maqsadida sheriyat kechasi, kitobsevar o‘quvchilarni rag’batlantirish shuningdek, zamonaviy shoir va yozuvchilarni kitoblaridan  ko‘rgazma tashkil etildi. Til adabiyot o‘qituvchilari hamda kutubxonachilar kitoblarni o‘quvchilarga tanishtirgan holda o‘qilgan tanish kitoblardan parcha, she’riy misra, shuningdek mazmun mohiyati to‘g’risida qisqacha tushintirish berdilar.

 

 

 

     Ko‘rgazma so‘ngida o‘quvchilar yod olgan shehrlaridan parchalar o‘qishdi shuningdek, 21-oktyabr  O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan munosabati bilan o‘zbek tiliga oid shehrlar o‘qishdi.

 

     Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oldinga so‘rilgan muhim beshta tashabbusdan biri "Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etishga yo‘naltirilgan”ligi, kutubxonamizda barcha sharoitlar yaratilganligi, kutubxona xodimlari tomonidan qator tadbirlar o‘tkazilayotganligini tahkidladi.

     Ma’naviyat olamida tengi yo‘q avlodlarimiz "Kitob aql chirog’i” ekanligini ko‘pbora tahkidlaganlar. Kitob insonni manaviy ongini yuksaltiradi, kitob-insonning eng yaqin do‘sti to‘g’risida so‘z yuritildi.

     Tadbir so‘ngida I-chorak yakuniga ko‘ra eng ko‘p badiiy adabiyot o‘qigan kitobsevar 5 nafar o‘quvchi sovg’a sifatida zamonaviy badiiy adabiyotlar bilan rag’batlantirildi.

 


 

 


dle
19-10-2021, 20:25
Muallif: admin
Ko`rilganlar: 45
Рейтинг:
  
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.