MASOFAVIY(ONLAYN) DARSLAR BOSHLANDI
24-01-2022, 19:18. Разместил: admin
Bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, musiqa va san’at kollejlarida ta’lim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazilganligi munosabati bilan 2022 yil 22-yanvar kuni R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi direktori A.Djamaldinov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi hamda ta’lim muassasasida masofaviy (onlayn) darslarni sifatli tashkil etish bo‘yicha vazifa va topshiriqlar berildi.
Berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24-yanvar kunidan R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida umumta’lim hamda musiqa yo‘nalishlari bo‘yicha guruhli va yakka shakldagi mashg‘ulotlar masofaviy (onlayn) tarzda boshlandi.
Вернуться назад